AsosiyJamiyat

Jahon banki Markaziy Osiyoda kambag`allar soni o`sishini prognoz qildi

'Jahon banki Markaziy Osiyoda kambag`allar soni o`sishini prognoz qildi'ning rasmi

Pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz oqibatida Markaziy Osiyoda kambag`allar soni yana 1,4 mlndan 1,6 mlngacha ko`payishi mumkin.

 Jahon banki kambag`allik va tenglik masalalari bo`yicha loyihalari koordinatori Uilyam Zeytsning qayd etishicha, O`zbekiston aholisining 15%i kuniga 3,2$ dan kam daromad topadi. Ekspert norasmiy va rasmiy sektorda ishsizlikning ko`payishini kambag`allikning ortishiga asosiy sabab sifatida ko`rsatgan.

O`zbekistonda pandemiya oqibatida ish o`rinlari qisqarishi 40%ga etgan. Bu asosan o`zini o`zi band qilgan aholi orasida kuzatilmoqda. Ayrim tarmoqlarda bu 75—90%gacha etgan. Aholi daromadlari kamayishiga chegaralarning yopilishi, shuningdek, narx-navo oshishi ham sabab bo`lgan. Shunday bo`lsa-da, Markaziy Osiyodagi vaziyat o`ta jiddiy emas, deb hisoblaydi Jahon banki eksperti.

    Boshqa yangiliklar