Samarqand viloyati hokimi tashabbusi bilan 2020 yil boshida umumta`lim maktablari o`rtasida e`lon qilingan «Eng yaxshi kitobxon maktab» ko`rik-tanlovi g`oliblari e`lon qilindi.
Ushbu ko`rik-tanlovda g`oliblik Kattaqo`rg`on tumanidagi 1-umumta`lim maktabi jamoasiga nasib etdi. G`olib maktabga viloyat hokimining 100 million so`m mukofot puli hamda faxriy yorlig`i topshirildi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlovda ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan Paxtachi tumanidagi 24-umumta`lim maktabi jamoasiga kompyuter jamlanmasi, uchinchi o`rinni egallagan Ishtixon tumanidagi 1-IDUM jamoasiga Noutbuk sovg`a qilindi.






