Navoiyda 6 ming AQSh dollariga fuqaroni ishga joylashtirmoqchi bo`lgan “ishbilarmon” qo`lga olindi, deya xabar qilmoqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.
Aniqlanishicha, 1979 yil Navoiy viloyatida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumot o`rta, muqaddam sudlangan, hozirgi kunda Xatirchi tumani “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi K.L. tanishi – 1992 yil Samarqand viloyatida tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti o`rta-maxsus, oilali – 1 nafar farzandi bor, hozirgi kunda Kattaqo`rg`on tumani “A.Navoiy” mahallasida yashovchi N.U.ning vaqtincha ishsizligidan foydalanib, uning ishonchiga kirgan holda tuman IIBga ishga joylashtirib qo`yishni va`da beradi. U bu xizmatlari evaziga 6000 AQSh dollarini pora tariqasida qo`lga kiritadi. N.U.ning ishga joylashishi sarobga aylangan orzu bo`lib qoldi. Vaqt o`tsada na ishdan, na pul qaytishidan darak bo`lmagach, u Navoiy shahar IIBga ariza orqali murojaat etdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan K.L. nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






