Rossiyaning Volgograd shahrida 10 nafar O`zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Keltirilishicha, Volgograd davlat agrar universitetida tahsil oluvchi o`zbekistonlik talabalarda koronavirus aniqlangan va ular shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlar bilan aloqada bo`lgan shaxslar esa universitet yotoqxonasida karantinga olingan.
O`zbekistonning Rostov-Dondagi Bosh konsulxonasi universitet ma`muriyati bilan aloqa o`rnatgan va vaziyat nazoratga olingan, deyiladi xabarda.






