AsosiyJamiyat

27 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali e`lon qilindi

'27 iyun kuni tashkil etiladigan charter reyslar jadvali e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha,  ertaga, 27 iyun kuni Toshkent – Sharja – Toshkent yo`nalishida charter reys amalga oshiriladi. 

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o`z xohishiga ko`ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta`minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o`tkazishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, bugun Nyu-York – Toshkent va Toshkent – Istanbul – Toshkent charter reyslari amalga oshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar