Koronavirus infeksiyasining tarqalishi va karantin choralarining kuchayishi davrida Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Xavfsiz yordam» loyihasi doirasida faxriy jurnalistlarga ko`mak berishning birinchi bosqichini amalga oshirgan va ularni oziq-ovqat paketlari bilan ta`minlagan edi.
Avval va`da qilinganidek, 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni arafasida loyihaning ikkinchi bosqichiga start berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamkasblarimizga hisobida 1 million so`mlik mablag` mavjud bo`lgan plastik kartalar navbati bilan tarqatilmoqda.
Umid qilamizki, mazkur choralar hozirgi mushkul vaziyatda oz bo`lsada ko`mak va yordam bo`la oladi.






