AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev istirohat bog`ini elektromobilda aylandi va sayr qilib yurgan aholi bilan gaplashdi (video)

'Shavkat Mirziyoev istirohat bog`ini elektromobilda aylandi va sayr qilib yurgan aholi bilan gaplashdi (video)'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida Namangan viloyatida bo`lib turibdi. Davlat rahbari kecha kechki payt Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” madaniyat va istirohat bog`ida bajarilgan ishlar bilan tanishdi, dam oluvchilar bilan muloqot qildi. 

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Prezidentning istirohat bog`idagi tashrifiga guvoh bo`lgan aholi tomonidan turli videolavhalar joylanmoqda. Ularning birida davlat rahbari  “Afsonalar vodiysi” bog`ini elektromobilda sayr etgani aks etgan. 

Shuningdek, Prezident yangi bunyod etilgan istirohat bog`ida sayr qilib yurgan aholi bilan ham ko`rishib, suhbatlashgan. Davlat rahbarini hech qanday rasmiyatchiliksiz ular bilan ko`rishganidan xursand namanganliklar Prezidentni qo`llab-quvvatlashgan va minnatdorchilik bildirishgan.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda viloyatga qilingan tashrif davom etmoqda. Tashrif doirasidagi yangiliklarni Namangandan turib jonli berib borayotgan muxbirimiz orqali etkazishda davom etamiz.

    Boshqa yangiliklar