AsosiyJamiyat

Qibrayda kollej bitiruvchisi o`z joniga qasd qildi

'Qibrayda kollej bitiruvchisi o`z joniga qasd qildi'ning rasmi

Qibrayda 18 yoshli yigit qo`shni uyda o`zini osib, vafot etgani aniqlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 25 iyun kuni 2002 yilda tug`ilgan Qurbonaliev Doston Sultonali o`g`li Qibray tumani, Yangiobod QFY, Xaydarobod MFY, Mirobod ko`chasi 5-tupik 54-uyda o`zini bo`yin qismidan arqon bilan osib, o`z joniga qasd qilib vafot etgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqqan bo`lib, voqea joyi hamda murda mutaxassislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan va o`lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, deyiladi taqdim etigan ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar