«General Motors Powetrain Uzbekistan» zavodi delegasiyasi 2-sonli Muruvvat bolalar uyi qoshida imkoniyati cheklangan o`smirlar uchun ochilgan «Cheksiz Imkoniyatlar» mehribonlik uyiga «One World Play» loyihasi doirasida ularga futbol koptoklari topshirish uchun tashrif buyurdi.
Bugun Mehribonlik uyi 11 nafar o`smirga ta`lim berish bilan birga bolajonlarni hayotga to`g`ri yo`naltirishga, jamiyatda o`z o`rinlarini topishga yordam bermoqda. Mehribonlik uyi muassislari, Sindi va Mayk Edsonslar mehmonlarni bu erda yaratilgan sharoitlar tanishtirar ekan, bolajonlar hayoti va mavjud ta`lim dasturlari haqida gapirib berishdi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ijro etgan ajoyib raqs dasturidan keyin «General Motors Powetrain Uzbekistan» qo`shma korxonasining bosh direktori Robert Gayst, zavod boshqaruvchisi yordamchisi Jennifer Bigelou va zavod ishchilari bolajonlarga One World Play koptoklarini taqdim etishdi. Ushbu yodda qoladigan tadbir mehmonlarni shirinliklar dasturxoniga taklif etish bilan poyoniga etdi.





