1

Grippga qarshi kurashdagi eng maqbul yo`l

Salomatlik 16.11.2015, 09:49
Grippga qarshi kurashdagi eng maqbul yo`l

Kech kuzda va qish mavsumida organizmimiz turli virusli infeksiyalarga ta`sirchan bo`lib qoladi va immunitet pasayib ketadi. Gripp va shamollashga qarshi kurashdagi eng maqbul yo`l bu emlash sanaladi. Vaksinasiyaning bu turini qachon va qaerdan olish mumkin? Bu boradagi savollarga Sog`liqni saqlash vazirligi sanitariya epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshlig`i o`rmnbosari Dilorom Tursunova javob beradi.

— Joriy yilda Sog`liqni saqlash vazirligininig 2015 yil 2 oktyabrdagi №386 sonli qaroriga muvofiq, barcha davolash-profilaktika muassasalari xavf ehtimoli bo`lgan guruhlarda vaksinasiya tadbirlarini o`tkazishlari zarur. Bu guruhlarga “Mehribonlik” uylari, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari, kam ta`minlangan oilalarning farzandlari kiradi. Ularni emlash ishlari davom etmoqda. Shuningdek, bevosita bemorlar bilan muloqotda bo`ladigan tibbiyot xodimlari, shifokorlar, hamshiralar, sanitarkalar ham shu guruhga kiradi. Bu guruhga 50 yoshdan oshgan, o`pka va nafas yo`llari, yurak-qontomir tizimi kasalliklari bilan og`riganlar ham kiradi. Biz bunday insonlarni xususiy markazlarga borib, emlanishlarini tavsiya etamiz. Chunki, bu kasalliklar bilan og`riganlarda gripp ancha og`ir ko`rinishda o`tadi.

Qaerga boriladi?

— Xavf ehtimoli bo`lgan guruhga aloqasi bo`lmaganlar-chi? Ular qaerda emlanadilar? Dorixonalardan maxsus preparatlar sotib olsa ham bo`ladimi?

— Dorixonalarda vaksinalar sotilmaydi. Ular maxsus sharoitlarda saqlanishi va qo`llanishi kerak. Gripga qarshi emlash xususiy vakusinasiya markazlarida amalga oshiriladi. Birgina Toshkentda ulardan to`qqiztasi faoliyat ko`rsatadi. Har birida “qaynoq liniyalar” ishlab turadi. Ulardan zarur axborotni olsa bo`ladi. Ularning barchasi xavfsiz emlash ishlarini amalga oshirish uchun Sog`liqni saqlash vazirligining lisenziyasiga ega. Ular har yili bizga qancha odam emlangani haqida ma`lumt etkazishadi. Bu yil ularning soni mamlakatimiz bo`ylab  400 ming nafarga etgan

Kimga mumkin emas?

— Bugungi kunda qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan vaksinalardan foydalaniladi?

— Bugun bozorlarimizda Xitoy, Fransiya va Gollandiyadan keltirilgan vaksinalarni topish mumkin.  Ularning barchasi Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti andozlari va talablariga javob bera oladi. Ularning barchasi bizda sinovdan o`tgan va nojo`yalar ta`sirlar aniqlanmagan.

— Immunizasiya o`tkazishda qarshi ko`rsatmalar ham mavjudmi?

— Homiladorlik muddatining birinchi yarmidagi ayollarni emlash mumkin emas. Vaksinalar asosan tuxum oqsili negizida tayyorlangan uchun bunday mahsulotga allergiyasi bo`lgan bemorlarda ham qo`llash tavsiya etilmaydi.

— Bu yo`nalishda yurtimizda nima ishlar olib borilyapti? Yurtimizda gripp virusi bilan kasallanish holati kamayganmi?

Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida Gripp markazi ishlab turibdi, markaz muntazam ravishda tadqiqotlar va prognozlashg ishlari bilan shug`ullanadi.

Grippni yuqtirib olsangiz...

— Bizning hududlarda grippning qaysi turlari uchraydi?

- Barcha tularini uchratish mumkin, oldindan biror nima deyish qiyin. Ko`proq grippning “A” virusi ko`proq uchraydi va unga mos vaksinalar mavjud.

Gripp bilan og`rigan bemorni emlasa bo`ladimi?

— Agar hali bemorda kasallikning dastlabki klinik alomatlari sezilmagan bo`lsa, uning nisbatan engilroq kechishi uchun bustar vaksinasiya (immun qarshilikni oshirish uchun dastlabki immunizasiya kursidan keyin qilinadigan qo`shimcha doza) tavsiya etiladi.

—  Grrip bilan og`riganlarga qanday tavsiyalar berish mumkin?

—  Haligacha grippning o`ziga qarshi etarli darajada kuchli vosita ishlab chiqarilmagan. Biroq, virusga qarshi kuch to`plashda organizmni himoyalash, dam oldirish maqsadida to`shak rejimi (yotib davolanish) yaxshi natija beradi. Kasallik paytida bemorni yaxshilab o`ragan holda xonani tez-tez shamollatib turish kerak. Xonani 2 foizli xloramin yoki yarim foizli xlorli ohak eritmasiga lattani ivitgan holda artib chiqish kerak. Bemorga alohida idish-tovoq, sochiq ilojdi bo`lsa qaynatilgan holda) ajratish lozim bo`ladi. Shuningdek bemor tanasidagi zaharli moddalarni tezroq chiqarib yuborish uchun ko`proq suyuqlik, asosan S vitamiga boy sharbatlar ichishi foyda beradi. Agar bemorning yuragi zaif bo`lsa, shifokor unga zarur profilaktik va davolash vositalarini tavsiya etadi.

Vrezka

O`zbekiston Respublikasi Prfilaktik emlash Milliy taqvimiga ko`ra, 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun asosiy infeksiyalarga qarshi bepul choralar belgilangan.

V ramku

Gripp qanchaga tushadi?

Ushbu maqolani tayyorlash jarayonida bir qator markazlarga sim qoqib, Xitoy vaksiyalarini 60 000 so`m, Gollandiya vaksinalarini 65 000 so`mga olish mumkin ekanini aniqladik.

+ Vaksinasiya markazlari ro`yxati

Markaz nomi

Manzil

Telefon

Ish rejimi

 

 «Vaksina Markazi» MChJ

 Buyuk Ipak Yo`li ko`chasi 152 uy.
 

268-75-15

 9.00 dan 16.00 gacha.

Shanba:  10.00 dan 13. 00 gacha.

Tushlik:  13.00 dan 14.00 gacha.

 

 «TIBBIYOT DUNYOSI» MChJ

«Immuno C»
emlash markazi

ChILANZOr tumani,  ChILONZOR-2 dahasi,  GAGARIN ko`ch, 11 uy. 
 

2711085,

 2779990

 9.00 dan 16.00 gacha.

Shanba: 9.00 dan 15. 00 gacha.

Tushlik: 13.00 dan 14.00 gacha.

 

 «Soriz» MChJ

Taraqqiyot, 80  uy.

233-1031,

233-75-09

 9.00 dan 16.30 gacha

Shanba:  9.00 dan 13.00 gacha.

Tushlik:  13.00 – 14.00

 

 «GRAND CROSS MEDICAL» MChJ

Qora-Saroy ko`ch, 341 uy.

248-01-07

9.00 dan 16.00 gacha

Shanba:  9.00 dan 13.00 gacha.

Tushlik:  13.00 – 14.00

 

 «Eksklyuziv medikl» MChJ

Yunusobod, 11 kvartal, Yangishaxar, ko`ch. 20 «a» uy.

225-24-27

.

 

«Lymin Vita»

Shayxontohur t-n, S-13, 30-uy,  37-kv.

241-25-00

   

«Tib Art» MChJ tibbiyot markazi

Yunusobod tumani,

15 kvartal,  Yunus ota ko`ch, 16 «a» uy.

220-90-40,

220-90-30

9.00 dan 17.00 gacha

Shanba:  9.00 dan 14.00 gacha.

Tushlik vaqtisiz, yakshanbadan tashqari har kun

 
  • Milliy emlash taqvimiga yangi vaksina kiritildi

O`ZBEKISTONDA BOLALARNI PNEVMOKOKKA QARShI EMLAShADI

Joriy yilning 2 noyabridan O`zbekiston Respublikasi Milliy emlash taqvimiga pnevmokokk infeksiyasiga qarshi “Prevenar-13” vaksinasi kiritildi. Bu vaksina 1,2,3 yoshlik bolalarda qo`llaniladi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi mutaxassislari ushbu yangilikka bag`ishlab o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilishdi.

Pnevmokokk kasalliklari o`ta xavfli hisoblanib, ularni davolash uchun qimmatbaho antibiotiklar kerak bo`ladi. Keyingi paytlarda ayrim virus shtammlari hatto bunday vositalarga ham chidamli ekani ma`lum bo`lgan. Ushbu vaksina bugungi kunda Germaniya, Avstriya, Turkiya, Italiya, Belbgiya, Rossiya singari 45 ta davlatda joriy etilgan. Mazkur vaksinadan foydalanish 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda kasallikka chalinish ehtimolini 50 foizdan yuqori darajada kafolatlaydi.

Mash`um raqamlar:

  • Birgina 2008 yilda butun dunyoda pnevmokok kasalliklaridan 476 ming nafar 5 yoshgacha bo`lgan bolalar nobud bo`lgan bo`lsa, bu raqam 2013 yilda 1 millionga etgan.
  • Pnevmokok meningitni boshidan kechirgan bolalarning 60 foizi nogiron bo`lib qolishadi., 25-23 foizi eshitishning zaiflashuvi, falajlikdan aziyat chekadi, aqliy  jihatdan oqsash ko`zga tashlanadi.

— Mamlakatimizda yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda, – deydi Sog`liqni saqlash vazirining o`rinbosari, mamlakatimizning bosh sanitariya vrachi  Saidmurod SAIDALIEV. – Bir necha yil davomida yuqumli kasalliklarning karantin tarqalishi, 14 yoshgacha bo`lgan bolalarda  bezgak, difteriya, poliomielit singari kasalliklar qayd etilmadi. Davlat miqyosida joriy etilayotgan yangi pnevmokokk vaksinasi bu kasallik xavfini kamaytirishda, kelshgusida butun yo`qolib ketishida katta o`rin tutadi. Uch martalik vaksinasiya 10 yoshli bola organizmini himoyalashga yordam beradi. Endi Milliy emlash taqvimiga kiritilgan vaksinalar soni 12 taga etdi.

Emlash tadbirlari uchun mablag`lar davlat byudjetidan sarflanadi. 2015 yilda vaksinalar xaridi uchun 13 mlrd 600 mln so`m mablag` sarflangan. Bu raqam yil sayin ortib bormoqda.

“Birinchi navbatda yangi vaksina joriy etilgani bilan butun mamlakatingizni tabriklayman. Chunki, pnevmoniya 5 yoshgacha bolalar o`limiga asosiy sabab bo`ladigan kasalliklardan biri sanaladi”, — deydi biz bilan suhbatda YuNISEFning sog`liqni saqlash bo`limi boshlig`i Svetlana Stefanes. – Bu olamshumul muammo bo`lib turganiga qaramay, barcha davlatlar ham bu vaksinani o`z milliy taqvimiga kiritolgani yo`q. O`zbekiston barqaror emlash dasturiga ega bo`lgan kam sonli davlatlardan sanaladi. Masalan, o`tgan yili mamlakatingizda YuNISEF va JSST strategiyasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va 2015 yilgacha amal qiladigan rotavirusga qarshi yangi vakssina joriy qilangan edi.

Suriya Magdeeva tayyorladi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1