AsosiyJamiyat

Chilonzor tuman hokimligi bo`lim boshlig`i 50 ming dollar pora bilan ushlandi

'Chilonzor tuman hokimligi bo`lim boshlig`i 50 ming dollar pora bilan ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligida bo`lim boshlig`i lavozimida ishlovchi shaxs tadbirkorga erga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida ushlandi. Bu haqda o`zining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib,  «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Keltirimlishicha, lavozimdagi shaxs tadbirkorga 1,4 millon AQSh dollari evaziga 1 gektar erga egalik huquqini rasmiylashtirib berishni va`da qilgan.

Biroq, hokimlik vakili Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 25 iyun kuni o`tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar