AsosiyDunyo

Dunyo bo`ylab koronavirus yuqtirganlar soni 10 milliondan oshdi

Hozirgi kunda dunyo bo`ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshib ketdi. Bu...

'Dunyo bo`ylab koronavirus yuqtirganlar soni 10 milliondan oshdi'ning rasmi

Hozirgi kunda dunyo bo`ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 milliondan oshib ketdi. Bu ko`rsatkich bugunga kelib 10 001 527 nafarni tashkil etmoqda. Bu kasallikdan dunyoda 499 124 nafar inson vafot etgan. Kasallanganlarning 5 065 869 nafari sog`aygan.

Kasallanish bo`yicha birinchilikni AQSh qo`ldan bermay kelyapti. Mamlakatda kasallanish holatlarni 2 510 323 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 679 308 nafari sog`aygan, 125 539 nafari vafot etgan. 

Ikkinchi o`rinda esa okean ortidan Braziliyani ko`rish mumkin. Mamlakatda 1 313 667 kishi koronavirusga chalingan, 727 715 kishi kasallikdan butkul forig` bo`lgan. 57 070 kishi esa vafot etgan. 

Keyinga o`ringa esa allaqachon dunyoning ikkinchi ustuni Rossiya chiqib olgan. Rus xalqining 633 542 nafari koronavirusga chalingan. Ulardan 398 311 nafari sog`aygan, 9060 kishi vafot etgan. 

To`rtinchi o`rinda Hindiston turibdi. Hind diyorida 528 859 kishi koronavirusga chalingan. Ularning 309 713 nafari sog`aygan, 16 095 nafari qurbon bo`lgan. 

Sog`ayish bo`yicha eng oxirgi o`rinlarda borayotgan Buyuk Britaniyada esa kasallangan 311 727 nafarga etdi. Ularning bor-yo`g`i 1 364 nafari sog`aydi, 43 598 nafari halok bo`ldi. 

Peruda ham vaziyat jiddiy. Shu sabab u kasallik tarqalishi bo`yicha dunyoda 6-o`rinni egallab oldi. Mamlakatda 275 989 kishi koronavirusga chalingan bo`lsa, ulardan 164 024 nafari sog`aygan. Vafot etganlar esa  9 135 nafarga etgan. 

Chilida 267 766 kishi koronavirusdan og`rigan bo`lsa, 228 055 kishi kasallikni ortda qoldirgan. Bemorlarning 5 347 nafari vafot etgan. 

Mart-aprel oylarida ikkinchi o`rinni egallab turgan Ispaniya 8-o`ringa tushib qoldi. Mamlakatda kasallanish bo`yicha raqamlar 248 469 ni ko`rsatmoqda. Bemorlarning 150 376 nafari sog`aygan, 28 341 nafari vafot etgan.

Keyingi o`rinda esa Italiya turibdi. Mamlakatda 240 136 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 188 584 nafari sog`aygan bo`lsa, 34716 nafari vafot etgan. 

10-o`rinda esa Eron bormoqda. Eron Islom Respublikasida koronavirusga chalinganlar 220 180 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 180 661 nafari sog`aygan, 10 364 kishi vafot etgan. 

Keyingi o`nlikni Meksika boshlab beradi. Mamlakatda 212 802 kishi kasallangan. Bemorlarning 160 721 nafari sog`aygan, 26381 kishi vafot etgan.

Pokistonda esa 202 955 kishi koronavirusdan og`rigan. Ularning 92 624 nafari sog`aydi, 4118 nafari qurbon bo`ldi. 

Fransiyada esa koronavirusga chalingan 199 473 nafar bemor aniqlangan. Ularning 75 773 nafari sog`aydi, 29 781 nafari vafot etdi. 

Keyingi o`rinda esa Turkiya turibdi. Mamlakatda 195 883 kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 169 182 nafari sog`aygan, 5 082 nafari vafot etgan.

15-o`rinni esa Germaniya egallamoqda. Mamlakatda 194 693 kishi koronavirusga chalingan bo`lib, ularning 177 628 nafari sog`aygan. Bemorlarning 8 968 nafari vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar