AsosiyDunyo

32 yoshli erkak o`z onasini vahshiylarcha o`ldirdi

'32 yoshli erkak o`z onasini vahshiylarcha o`ldirdi'ning rasmi

Saratov viloyatida zo`ravonlik belgilari bo`lgan 68 yoshli ayolning jasadini topdilar. Rossiya Tergov idorasining mintaqadagi ma`lumotiga ko`ra, uning o`g`li qotil bo`lib chiqdi. Bu haqda internet manbalar asosida Aniq.uz yozmoqda.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 32 yoshli ilgari sudlangan erkak onasi bilan birga yashagan. U bilan janjallashib qolgach, erkak g`azab ostida onasini mushtlari bilan bir necha marta urdi, so`ng sochni mahkam changallab, kafti bilan boshiga qayta-qayta zarba berdi. Natijada ayol polga yiqilib o`ldi.

Keyin erkakning o`zi shifokorlar va polisiyani chaqirdi, ammo dastlab jinoyatga aloqadorligini rad etdi. So`ng hamma narsani tan olgach, hibsga olindi. Ayni damda tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar