AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 7813 nafarga etdi

'O`zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 7813 nafarga etdi'ning rasmi

2020 yil 28 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi SSV.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtimizning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o`z uylariga kuzatildi.  

Shunday qilib, yurtimizda 5248 (+8) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog`ayish ko`rsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar