AsosiyJamiyat

Ohangarondagi do`konlarning birida yong`in sodir bo`ldi

'Ohangarondagi do`konlarning birida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun 28 iyun kuni soat 14:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Ohongaron shahar, “Guliston” MFYda joylashgan ko`p qavatli uyning 1-qavatidagi do`konda yong`in kelib chiqqani to`g`risida xabar kelib tushgan.

Buning oqibatida ushbu hududning 190 m.kv. maydoni, ya`ni, do`konning shifti va ichki jixozlari hamda oziq-ovqat mahsulotlariga zarar etgan.

Mazkur xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan etib borib, yong`inni o`z vaqtida bartaraf etadilar. Qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida 90 m.kv. saqlab qolindi.

Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, hodisaning kelib chiqishiga “Damas” hamda “Zil”-130 rusumli avtomobillarining to`qnashuvi sabab bo`lgan deb taxmin qilinmoqda.

Kelib chiqqan yong`inda halok bo`lgan va jabrlangan fuqarolar bo`yicha ma`lumot kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar