Shu soatlarda poytaxtimizdagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 62 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 14 nafar, jami 81 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildI, deya xabar berdi SSV.
Ayni paytda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida “COVID-19”dan sog`ayganlar soni 3119 nafarga etdi.
Qashqadaryo viloyatida esa karonavirus infeksiyasidan forig` bo`lganlar soni 56 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 5329 nafarni tashkil etmoqda. Endilikda shifokorlarimiz yurtimizning turli hududlarida 2463 nafar bemorni belgilangan standartlar asosida davolamoqdalar.