Qumqo`rg`on tumanida 2020 yilning 27 iyun kuni taxminan soat 18.30 lar chamasida, tumanning “Achamoyli” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-101 avtomobil yo`lining 16 kilometrida, Termiz shahri “Do`stlik” mahallasida yashovchi B.Sh. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtoulovi harakatlanib borayotganida, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib, ushbu yo`nalishda harakatlanib kelayotgan, Qumqo`rg`on tumani “Arslonboyli” mahallasida yashovchi J.F. boshqaruvidagi VAZ-2101 rusumli avtoulovi bilan to`qnashgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, YTH natijasida, Matiz rusumli avtoulovi yo`lovchilari, Termiz shahrida yashagan J.M. va haydovchi B.Sh.ning qaramog`idagi farzandi voyaga etmagan N.N.lar “hayot uchun xavfli bilan og`ir” tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan 27 iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






