AsosiyJamiyat

Namanganda voyaga etmagan haydovchi uch ayolni urib ketib, ulardan birini halok qildi

'Namanganda voyaga etmagan haydovchi uch ayolni urib ketib, ulardan birini halok qildi'ning rasmi

2020 yil 28 iyun kuni soat 12:10 larda, Norin tumanida yashovchi, 2004 yilda tug`ilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf o`quvchisi, birga yashovchi onasining nomida bo`lgan Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, o`zidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982 yilda tug`ilgan, 1976 yilda tug`ilgan, 1977 yilda tug`ilgan uch nafar ayollarni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, piyodalar og`ir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jaroxatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB TB tomonidan 2020 yil 28 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.


 

 

    Boshqa yangiliklar