Muzrabot tumanida 2020 yilning 26 iyun kuni taxminan soat 18.30lar chamasida, tumanning “Mustaqillik” mahallasi hududida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda keltirilishicha tumanning “Yurtim jamoli” mahallasida yashovchi Q.K. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi bilan yo`lni o`ngdan chapga kesib o`tayotgan piyoda, tumanning “Mustaqillik” mahallasida yashovchi voyaga etmagan qizi D.D. ismli qizni turtib yuborgan. Natijada D.D. tan jarohati olib voqea joyida vafot etdi.
26 iyun kuni Q.K.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






