1

Samarqandda o`zidan 30 yosh kichik yigit tomonidan kaltaklangan 52 yoshli fuqaro jonlantirish bo`limida vafot etdi

Jinoyat 29.06.2020, 16:03
Samarqandda o`zidan 30 yosh kichik yigit tomonidan kaltaklangan 52 yoshli fuqaro jonlantirish bo`limida vafot etdi

2020 yil 11 iyun kunidan 12 iyun kuniga o`tar kechasi soat 01:30 da Samarqand tumani  “Yangiariq” mahalla fuqarolar yig`ini hududida 52 yoshli T.B. va  22 yoshli M.S.,lar o`rtasida kelib chiqqan o`zaro kelishmovchilik natijasida, M.S., fuqaro T.B.,ni yuz sohasiga qo`llari bilan urib tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Natijada, T.B., Samarqand tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro M.S.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha M.S., JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Fuqaro T.B.,  shifokorlar tomonidan ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramsdan 2020 yil 22 iyun kuni shifoxonada vafot etgan. Jinoyat ishi esa JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga qayta malakalangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1