AsosiyJamiyat

Dehqonlar uchun 50 foizgacha imtiyoz va subsidiyalar ajratiladi

'Dehqonlar uchun 50 foizgacha imtiyoz va subsidiyalar ajratiladi'ning rasmi

Xalqaro press-klubning navbatdagi sayyor sessiyasida so`zga chiqqan Qishloq xo`jalik vaziri o`rinbosari Saidkamol Xo`jaev mamlakatimizdagi dehqonchilik uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma`lumot berdi.

Uning ta`kidlashicha, alohida qabul qilingan dastur bo`yicha respublikadagi 1,1 mln gektar dehqonchilik uchun ajratilgan, ammo narsa ekilmayotgan erlar borligi aniqlangan. 

"Alohida dastur bo`yicha o`zlashtirilayotgan erning har bir gektariga qilayotgan harajatining 50 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi. Ikkinchidan, har bir gektarni tomchilatib sug`orish masalasida qilgan harajatiga 8 mln so`mgacha subsidiya ajratiladi. Har 35 gektar uchun qaziyotgan qudug`iga davlat tomonidan 120 mln so`mgacha subsidiya beriladi", - dedi  Qishloq xo`jalik vaziri o`rinbosari Saidkamol Xo`jaev.

 

    Boshqa yangiliklar