AsosiyJamiyat

"10 yoshli bola vafot etdi" Shayxontohurda sodir bo`lgan YTH bo`yicha ma`lumot berildi

'"10 yoshli bola vafot etdi" Shayxontohurda sodir bo`lgan YTH bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Internetda Shayxontohur tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa bo`yicha quyidagilarni ma`lum qildi:

28 iyun kuni taxminan soat 20.50 da Zulfiyaxonim ko`chasida (Rayxon kafesi qarshisida) «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi 53 yoshli T.I. yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tmoqchi bo`lgan piyoda 10 yoshli F.N.ni urib yuborgan (piyodalar yo`lakchasi hodisa joyidan yuz metr uzoqlikda edi).

YTH natijasida piyoda tan shikastlari bilan tibbiy muassasaga etkazildi, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramasdan, hayotdan ko`z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

Ushbu fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi ikkinchi qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari. Bu kabi holatlarning oldini olishda haydovchilarning ham, piyodalarning ham o`rinlari muhim. Yo`l harakati qoidalariga qat`iy rioya qiling. Ota-onalardan farzandlariga yo`l harakati qoidalarini tez-tez tushuntirib turishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar