AsosiyJamiyat

25-o`lim: Jizzaxda koronavirus qurboni bo`lgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi

'25-o`lim: Jizzaxda koronavirus qurboni bo`lgan otaxonning rafiqasi ham vafot etdi'ning rasmi

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 70 yoshli onaxon F.O. (uning turmush o`rtog`i, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20 iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.  

23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak etishmovchiligi, bo`yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo`yilgan.

 

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo`yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

 

Bemorning davolanishi davomida  kunlik ahvoli maxalliy shifokorlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o`tkazilgan.

 

So`nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o`pka etishmovchiligi sababli ahvoli keskin og`irlashib, reanimasiya bo`limiga olingan.  

 

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`tkir miokard infarkti, o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

    Boshqa yangiliklar