Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 28 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar, Xorazm viloyatida 43 nafar, jami 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga kuzatildi. Bu haqda SSV xabar qilmoqda.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3262 nafar bemor sog`aydi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 143 nafarga etdi.
Bugungi kunda Xorazm viloyatida koronavirusdan sog`ayganlar soni 301 nafarni tashkil qilmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 5569 nafarni tashkil etmoqda.






