AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati va shahrida yana aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi

'Toshkent viloyati va shahrida yana aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 30 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8385 (+87) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qilmoqda SSV. 

Yangi kasallanish holatlarining 72 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 11 nafari Toshkent shahrida (shundan 7 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5569 (+73) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2791 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar