Piskentda Toshkent davlat pedagogika universitetiga o`qishga kiritishni va`da qilgan maktab o`qituvchisi ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar qildi.
Keltirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi 13-sonli maktab o`qituvchisi X. fuqaro Sh.ni tanishlari orqali Toshkent davlat pedagogika universitetining sirtqi bo`limiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 3 500 AQSh dollari va 3,8 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28,211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.






