Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo`limi davlat ijrochisi Sh.Axmedov ish yurituvidagi Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudining 13.03.2020 yildagi hukmiga asosan, qarzdor E.Umirovdan undiruvchi davlat foydasiga EKOIning 600 baravari ya`ni 121 mln. 638 ming so`m mikdorida jinoiy jarima undirish to`g`risidagi ijro ishi 20.04.2020 yilda kelib tushgan. MIB mazkur undiruv yuzasidan xabar bermoqda.
Bo`lim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yurituvi qo`zg`atilib tomonlarga yuborilgan va qarzdorning huquq va majburiyatlari to`liq tushuntirilgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning mulkiy ahvolini o`rganish maqsadida tegishli tashkilotlarga so`rovnomalar yuborilib, qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan barcha mol-mulklariga nisbatan ta`qiq solingan. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor E.Umirovdan undirilishi lozim bo`lgan 121.638.000 so`m jarima pullari nakd pul ko`rinishida to`liq undirilib, davlat daromadiga o`tkazilgan.






