1

Ta`tilga kelgan fuqarolarning navbatdagi guruhi charter reys orqali Koreyaga etib bordi

Jamiyat 30.06.2020, 18:40
Ta`tilga kelgan fuqarolarning navbatdagi guruhi charter reys orqali Koreyaga etib bordi

Pandemiya sababli mamlakatlar o`rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to`xtatilishi oqibatida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida mehnat ta`tili olib O`zbekistonga kelgan ko`plab fuqarolar ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

Bugun, 30 iyun kuni «Asiana» aviakompaniyasining Toshkent-Inchon yo`nalishidagi charter reysi orqali 29 nafar fuqarolarimiz Koreyaga etib bordi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fuqarolar HRD tashkiloti va Agentlikning Koreyadagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan kutib olingach, ularga aeroportdagi belgilangan qat`iy tartibdagi tekshiruvlardan o`tishda amaliy yordam ko`rsatildi.  

Shundan keyin 14 kunlik majburiy karantin talablariga rioya qilish bo`yicha rozilik bitimida ko`rsatilgan manzillariga kuzatib qo`yildi.

Shuningdek, Agentlik Firibgarlik yoki ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida biror noqonuniy xatti-harakatlar haqida ma`lumotga ega bo`lganlarda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 71 202 33 55 (ichki raqam 41, 46, 11) telefon raqami orqali xabar berishlarini so`ramoqda.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ruxsatiga ega bo`lmagan 8 nafar fuqaro (D.Usmanov, B.Mahmudov, M.Umarov, M.Barotov, T.Haitov, B.Latifov, A.Azimov, M.Ziyatov) aviachipta sotib olgan, oqibatda aviakompaniya ularga parvoz bortiga kirishga ruxsat bermagan.

Natijada fuqarolarning ushbu harakatlari ortiqcha ovoragarchilik va xarajatlarga sabab bo`lgan.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda Koreya Respublikasidan ta`tilga kelgan fuqarolarni navbati bilan o`z ish joylariga qaytarish borasidagi ishlarini davom ettiradi, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1