1

Uchko`prikda to`qnashgan ikki "Damas" bir haydovchining o`limiga va 3 insonning jarohatlanishiga sabab bo`ldi

Jamiyat 30.06.2020, 19:19
Uchko`prikda to`qnashgan ikki "Damas" bir haydovchining o`limiga va 3 insonning jarohatlanishiga sabab bo`ldi

Uchko`prik tumanida “Damas” avtomashinalari to`qnashishi oqibatida bir nafar haydovchi vafot etdi va 2 nafar yo`lovchi tan jarohati oldi, deya "Darakchi"ga xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB. 

Aniqlanishicha, 27 iyun kuni M.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Suyunchol qishlog`i hududida boshqarib ketayotib, qarma-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Yu.B. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. YTH oqibatida M.Sh. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Shuningdek, haydovchi Yu.B, yo`lovchilar N.Z. va M.N.lar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1