1

Buxoroda avtobuslar qatnovi noma`lum muddatga to`xtatildi

Jamiyat 30.06.2020, 21:40
Buxoroda avtobuslar qatnovi noma`lum muddatga to`xtatildi

Buxoro viloyatida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo`yicha viloyat komissiyasi yi-ilish shtkazdi. Yig`ilishda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash borasidagi muhim vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, komissiya qaroriga asosan, so`nggi paytlarda aholi orasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko`payganligi inobatga olinib, 2020 yilning 30 iyunidan viloyatda jamoat transportlari (avtobus) harakati noma`lum muddatga qadar to`liq to`xtatilishi belgilangan.

Yo`nalishsiz taksilarning karantin talablariga rioya etgan holda harakatlanishi qat`iy nazorat ostiga olinadi. Yo`lovchi tashish uchun belgilangan karantin qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma`muriy javobgarlik masalasi ko`rib chiqiladi va avtotransport vositasi jarima maydonchasiga kiritiladi, deyilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1