1

Toshkentda qoraqalpog`istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 30.06.2020, 23:39
Toshkentda qoraqalpog`istonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan qoraqalpog`istonlik bemor o`pka va o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. ismli erkak 10 iyun kuni Qozog`istondan kelganligi sababli karantin markaziga joylashtirilgan. 15 iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

19 iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasiga o`tkazilgan hamda o`tgan kunlar davomida reanimasiya bo`limida bo`lgan.

Unga yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak, buyrak, jigar etishmovchiligi kabi qator kasalliklar bo`yicha tashxis qo`yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli etakchi shifokorlar, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemedisina orqali konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o`tkazgan tezkor reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor o`pka va o`tkir nafas etishmovchiligidan vafot etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1