O`zbekistonda 6 soat ichida yana 118 odamda koronavirus aniqlandi

Jamiyat 30.06.2020, 23:46
O`zbekistonda  6 soat ichida  yana 118  odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 iyun soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8503 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 74 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 18 nafari Toshkent viloyatida (shundan 13 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida), 17 nafar Samarqand viloyatida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), qolgan 9 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 5682 (+186) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2795 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1