Saidov Otabek Abdusamadovich, Andijon viloyatida tug`ilgan, 2019 yilning iyul oyining oxirida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, “Muazzinboy” MFYda joylashgan uyidan Andijon sh. “Sanoat” MFY, 154-xonadonda bo`lgan turmush o`rtog`i 1991 yilda tug`ilgan Saidova Gulbahorni olib kelish uchun chiqib, qaytib kelmagan.
O`tgan yilning avgust oyidan sentyabrga qadar u ikki marta onasiga qo`ng`iroq qilgan va Toshkentda ish topganini aytib, xavotir olmasliklarini so`ragan. Boshqa hech qanday xabar kelmagan. Otabekning qidiruvi davom etmoqda.
Belgilari: bo`yi 185-190 sm, gavdasi ozg`inroq, sochlari qora, kalta, old tomonida sochi tshkilgan, quloqlari o`rtacha, burni uzun, to`g`ri, ko`zlari qora.
Alohida belgilari: chap qoshining tepasida qor xoli bor.
Kiyimlari: qora rangli shim, oq ko`ylak, qora poyabzal.
Hurmatli fuqarolar! Saidov O.ning turar joyi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz, 102 raqamiga xabar berishingizni so`raymiz, deyimoqda Toshkent shahar IIBB xabarida.






