AsosiyJamiyat

Urgut "qizil"dan "sariq" toifaga o`tdi, avtobuslar harakati tiklandi

'Urgut "qizil"dan "sariq" toifaga o`tdi, avtobuslar harakati tiklandi'ning rasmi

Epidemologik vaziyatni hisobga olgan holda 2020 yil 26 iyun holatiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan Samarqand viloyatining Urgut tumani “sariq” toifadagi hudud deb belgilandi. Shu munosabat bilan tumanda bir qancha korxonalar faoliyatini qayta tikladi.

Aholining jamoat transportiga bo`lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Urgut tumanida 30 iyun sanasidan boshlab avtobuslarga yo`lovchi tashish faoliyati bilan shug`ullanishga ruxsat berildi. Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

“AVTOTRANS URGUT” DUK tomonidan 13 ta yo`nalishda 26 ta avtobus respublika maxsus komissiyasi tomonidan qo`yilgan talablar asosida yo`lovchilarga xizmat ko`rsatayapti.  

 

    Boshqa yangiliklar