27 iyun kuni soat 11.30 da Sergeli tumanidagi Toshkent xalqa avtomobil yo`lida 44 yoshli «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi Dilmurod A. yo`lni belgilanmagan joydan kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. YTH natijasida 57 yoshli Gulnar K. olgan tan shikastlari sababli shifoxonada hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.






