AsosiyJamiyat

Katta pul bilan qo`lga tushgan Chilonzor tumani hokimligi bo`lim boshlig`iga Toshkent shahar hokimligi mansabdori sherik bo`lib chiqdi

'Katta pul bilan qo`lga tushgan Chilonzor tumani hokimligi bo`lim boshlig`iga Toshkent shahar hokimligi mansabdori sherik bo`lib chiqdi'ning rasmi

Avvalroq, Chilonzor tumani hokimligi bo`lim boshlig`i 50 ming AQSh dollari miqdorida pora olayotganida qo`lga tushgani haqida xabar qilgan edik. 

Mazkur voqea borasidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga ushbu jinoyat tafsilotlarini ma`lum qildi.  

Unga ko`ra, 2020 yil  22 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi organga Chilonzor tumanidagi 1 gektar futbol maydoni bir sotixi 14.000 AQSh dollaridan baholanib, jami 1 million 400 ming AQSh dollariga sotish rejalashtirilayotgani, mazkur «savdo» boshida Toshkent shahar hokimligi Kapital qurilish boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari B.A. (1968 y.t.) va Chilonzor tuman hokimligi investisiya va turizmni rivojlantirish bo`limi boshlig`i X.Sh. (1985 y.t.) turgani haqida tezkor ma`lumot kelib tushadi.

Dastlabki surishtiruvda «er egalari» shu joyga qiziqqan tadbirkordan 50 ming AQSh dollarini avval («zakalat» tariqasida), qolganini bir hafta ichida, ya`ni hujjatlar tayyor bo`lganidan so`ng berishni talab qilishayotgani aniqlanadi.

Holat bo`yicha shu yilning 24 iyun kuni DXX Toshkent shahar boshqarmasi va poytaxt prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazgan tadbirda B.A. 50.000 AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlanadi.  

Qo`lga olingan pullarni Chilonzor tuman hokimligi bo`lim boshlig`i X.Sh.ga olib borib berishi lozimligini aytganidan so`ng tezkor tadbir davom ettiriladi. Va ertasi kuni X.Sh. «hamkori» B.A.dan  50.000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda u ham qo`lga olinadi.

Ayni paytda holat bo`yicha pora olish (JK, 20-modda) va pora olish-berishda vositachilik qilish (JK, 212-modda) alomatlari bilan jinoyat ishi  qo`zg`atilgan. Gumondorlar prosessual tartibda ushlangan.

    Boshqa yangiliklar