AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar oylik maoshlarining yarmini oziq-ovqatga sarflaydi

Har bir o`zbekistonlik bir oy mobaynida o`rtacha hisobda 40 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib oladi va buning uchun oylik maoshining 40 foizini sarflaydi. Bu haqda oziq-ovqat sanoati tashkilotlari assosiyasiyasi ma`lumot berdi, deya xabar beradi “Uzbekistan Today” nashri.

Mutaxasislarning qayd etishlaricha, mustaqillik yillarida go`sht iste`moli kishi boshiga 1,3, sut va sut mahsulotlari iste`moli 1,6, qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlari iste`moli esa deyarli 4 martaga  oshgan.   

1990 yilda aholining oziq-ovqatga, asosan go`sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoji  import hisobiga qondirilgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib 96% iste`mol mahsulotlari O`zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. 

Shuningdek, Respublika sanoatida oziq-ovqat sanoati ulushi ham ortib bormoqda.  2011 yilda ushbu ko`rsatkich 12,6%ni tashkil etgan bo`lsa, hozirgi kunga kelib qariyb 17 foizga etdi.  Oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan 3 mingdan ortiq  nomdagi iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Respublikamizda har yili 80 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar