Avval xabar qilinganidek, Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U.ning shu yilning 14 iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko`rsatish maqsadida faoliyat ko`rsata boshlagan, 23 iyun kuni ahvoli og`irlashib, 26 iyunda esa vafot etgan edi.
Shundan so`ng, marhum shifokorning qizi otasining o`limi yuzasidan ayrim ma`lumotlarni keltirib, boshqalarni ham ogohlikka chaqirdi.
Ayni paytda ma`lum bo`lishicha, Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokorning xonadoniga tashrif buyurgan. Bu haqda marhumning qizi Mikrofon ko`targan ayolga ma`lum qilgan.
"Hozirgina Shahnoza Hasanova qo`ng`iroq qilib, xonadoniga Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov kelganini aytdi. Vazir oila a`zolaridan camimiy ko`ngil so`rab, bu shifokorlar jamoasi uchun ham og`ir judolik bo`lganini bildirgan. Sh. Hasanova sog`liqni saqlash tizimi uning iztiroblarini to`g`ri tushungani uchun minnatdor. Oila boquvchisini yo`qotgani, xizmat faoliyati davomida Kovid infeksiyasiga chalinib vafot etgani inobatga olinib qonuniy barcha kompensasiyalar qoplanishi ma`lum qilingan. Shuningdek, Sh. Hasanova u bilan birga hamdard bo`lgan, murojaatiga befarq bo`lmagan barcha jamoatchilik vakillari, jurnalistlar va blogerlarga o`z rahmatini aytdi", — deyiladi xabarda.






