O`zbekiston Respublikasi “Notariat to`g`risida”gi Qonunga muvofiq Navoiy viloyati adliya boshqarmasi boshlig`ining 2020 yil 30 iyundagi buyrug`i bilan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notarius Oydinov Ma`rufjon Ergashovichning lisenziyasi (lisenziya: NV №0020, 22.04.2020 yil) xizmat tekshiruvi o`tkazish davrida 10 kun muddatga to`xtatildi.
Eslatib o`tamiz, shu kunga qadar Toshkent shahri va namanganlik xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi notariuslarning faoliyati to`xtatilgan edi.






