Bu haqda "Uzbekistan Airways" AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Keltirilishicha, yYo`lovchilar tomonidan aviachiptalar va qo`shimcha xizmatlar uchun 2020 yil 31 dekabrgacha to`langan summani qaytarishni ta`minlash uchun 2020 yil 1 iyuldan depozit vaucherlarni rasmiylashtirish amalga oshiriladi.
Depozit vaucherini rasmiylashtirish, qaytarilishi lozim bo`lgan chipta narxi summasiga, plyus aviachiptani xarid qilgan joyi bo`yicha shu summadan 5%ga teng bonus taqdim etiladi.
Depozit vaucherlari ularni rasmiylashtirish sanasidan boshlab yil davomida yo`lovchilar tomonidan Uzbekistan Airvays AJning reyslaridagi har qanday boshqa tashuv to`lovlari yoki qo`shimcha xizmatlar to`lovlari uchun foydalanilishi mumkin.
Vaucherni rasmiylashtirish sanasidan bir yil o`tishi bilan depozitning foydalanilmagan summasi yo`lovchiga dastlabki to`lov shaklida qaytariladi.
Ma`lum qilinishicha, depozit vaucherlarini qo`llash O`zR Prezidenti raisligidagi O`zR Vazirlar Mahkamasining karantin davrida transport tizimi barqarorligini ta`minlash masalalari bo`yicha 2020 yil 25 maydagi yig`ilishi qarori asosida kiritilmoqda.






