AsosiyJamiyat

Xushnudbek Xudoyberdiev yangi — mas`uliyatli lavozimga tayinlandi

'Xushnudbek Xudoyberdiev yangi — mas`uliyatli lavozimga tayinlandi'ning rasmi

Xushnudbek Xudoyberdiev O`zbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Yangi O`zbekiston nashri ma`lum qildi. Xushnud Xudoyberdiev 2013 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan Jumanazar Meliqulov o`rnini egallagan.

Sal avval ijtimoiy tarmoqlarda O`zA va O`zbekiston Teleradiokompaniyasida kadrlar almashinuvi bo`layotgani, yosh kadrlar lavozimlarga tayinlanayotgani haqida xabarlar paydo bo`lgan edi. 

Ma`lumot uchun: Xudoyberdiev Xushnudbek G`ayratovich — huquqshunos, bloger. Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. 2020-yildan e`tiboran Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib kelayotgan edi.

X.Xudoyberdiev 1989-yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug`ilgan.

U 2012-yildan buyon Xushnudbek.uz shaxsiy saytini yuritadi. Shuningdek, 2018 yil may oyida Telegram messenjerida shaxsiy kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 287 mingdan ko`proq obunachi kuzatib boradi.  2018 yilgi blogerlar chempionatida 2-o`rinni qo`lga kiritgan.  2019 yilda esa yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar