AsosiyJamiyat

Yunusobodda karantin paytida fohishaxona tashkil etgan 26 yoshli fuqaro ushlandi

'Yunusobodda karantin paytida fohishaxona tashkil etgan 26 yoshli fuqaro ushlandi'ning rasmi

Massaj salonlarida fohishaxonalar tashkil etilganini aniqlash bo`yicha tadbirlar davom etmoqda, deya xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.

Keltirilishicha, 24 iyun kuni taxminan soat 01.40 da fuqarolardan kelib tushgan noroziliklar bo`yicha olib borilgan tadbirlar davomida, Yunusobod tumanida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari 26 yoshli Ahmadjon R. 950.000 so`m evaziga SPA salon xonasini xilvat uchun taqdim etganligini aniqlashdi.

 Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bo`yicha («Qo`shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash») jinoiy ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar