Mingbuloqlik otadan farzandi ta`minoti uchun 30 million so`m aliment undirildi

Jamiyat 02.07.2020, 13:36
Mingbuloqlik otadan farzandi ta`minoti uchun 30 million so`m aliment undirildi

Sud va boshqa organlar hujjatlarining so`zsiz ijrosini ta`minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag`larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste`molchilik holatlarining oldini olish Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biridir. Byuroning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan bu borada tegishli chora-tadbirlar ko`rib kelinmoqda. Aynan bo`lim tomonidan voyaga etmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, sud buyrug`i bilan chiqarilgan aliment mablag`larini undirishga alohida e`tibor qaratilgan.  

 Masalan, fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudining 2015 yil 14 mart kunidagi qaroriga ko`ra Qurbonov G`ulomjondan undiruv Shahnoza Dadamirzaeva foydasiga ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo`limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan aliment mablag`ini vaqtida undirish choralari ko`rib kelinmoqda. O`z o`rnida qarzdorga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to`lash, shuningdek aliment to`lash majburiyatini ta`minlash bo`yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to`g`risida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan to`lash bola voyaga etgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam  bo`lmagan muddatga amalga oshirish ko`rsatib o`tilgani tushuntirib o`tildi.  

Fuqaro G`.Qurbonov o`z farzandi voyaga etgunga qadar aliment mablag`ini to`lashini so`rab ijro etish usuli va tartibini o`zgartirish haqida ajrim chiqarib berishni so`raydi. Mazkur murojaat atroflicha ko`rib chiqilib, 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln so`m aliment pulini to`lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1