AsosiyJamiyat

Murojaatchi: "Qashqadaryoda "Damas"larga nega ruxsat berilmayapti?"

'Murojaatchi: "Qashqadaryoda "Damas"larga nega ruxsat berilmayapti?"'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasiga bir guruh fuqaro murojaat bilan keldi, deya xabar bermoqda Boshqarma Axborot xizmati.

 Murojaatchilar karantin paytida viloyatda muayyan talablar asosida avtobusda yo`lovchi tashishga ruxsat berilgan bo`lsa-da, ammo “Damas”lar qatnoviga taqiq hamon saqlanib qolayotganiga e`tiroz bildirgan.  

"O`zaro suhbatdan ma`lum bo`ldiki, kelganlarning aksari karantindan avval “Damas”da yo`lovchi tashigan. Bugun esa aytarli daromadsiz qolgan.  

Ushbu murojaat yuzasidan mas`ullar tushuntirish berdi. Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan yo`lovchi tashuvchi “Damas” va mikroavtobuslar harakatiga nisbatan vaqtinchalik cheklov chorasi qo`llanilgani, xavfsizlik, sanitariya osoyishtaligini ta`minlash nuqtai nazaridan shunday yo`l tutilgani bildirildi.  

Ayni vaqtda viloyatimizning tegishli hududlarida yo`nalishsiz taksilar va avtobuslarning  yo`lovchi tashish bilan shug`ullanishiga ruxsat etilgan", - deyiladi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar