Namanganda tug`ilgan to`rt egizak yuzasidan SSV batafsil ma`lumot berdi

Jamiyat 02.07.2020, 21:33
Namanganda tug`ilgan to`rt egizak yuzasidan SSV batafsil ma`lumot berdi

Namanganda to`rt o`g`il egizak tug`ilgani haqida sal avval xabar bergan edik. Bu voqea haqida SSV ham izoh bildirdi:

 "Hayotda shunday mo``jizalar ro`y beradiki, beixtiyor qalbingizni hayrat va quvonch qamrab oladi.  

Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yo`la 4 nafarli egizak dunyoga keldi. Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda bo`lsa, onasi Madina Ikramova 30 yoshda bo`lib, to`ylari 2016 yil 26 oktyabrda  bo`lgan.Tabiiyki, ota-onaning bu voqeadan  quvonchi cheksiz.

Ayolga onalik baxtini hadya etish ham mashaqqatli, ham sharafli. Bu yo`lda Namangan viloyat perinatal markazida barcha shart-sharoitlar  yaratilgan bo`lib, xodimlar fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda.

– Onaga tug`ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo`yicha barcha zamonaviy yordam ko`rsatildi, – deydi viloyat perinatal marazi direktori Iroda Muhitdinova. – Bolalarni sog`-salomat ona qo`liga topshirish maqsadida tajribalar shifokorlarimiz bilan tug`ruq rejasini tuzib oldik. Tug`ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko`rildi. Har bir bolaga to`liq tibbiy yordam o`rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab  amaliyot  samarali yakuniga etkazildi.

Ma`lum bo`lishicha, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 grammni tashkil etgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo`lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko`rsatilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1