AsosiyJamiyat

Bugun ham 200 ga yaqin hamyurtlarimiz dardiga davo topib uyiga kuzatildi

'Bugun ham 200 ga yaqin hamyurtlarimiz dardiga davo topib uyiga kuzatildi'ning rasmi

SSV xabar qilishicha, ayni soatlarda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi shifokorlarining tinimsiz mehnati sabab bir yo`la   45 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 119 nafar bemor sog`aydi.  Hozirda mamlakatimiz bo`ylab ushbu kasallikdan  sog`ayganlar soni 5892 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek yana ikki hudud Toshkent va Navoyida ham bir o`nlab hamyurtdarimiz dardiga davo topib uyiga kuzatildi. 

Xususan poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy  viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, o`z uyiga  kuzatildi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog`aydi.  

Navoiy viloyatida esa “COVID-19”dan tuzalganlarning soni 252 nafarga etdi.

‼️Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor “COVID-19”dan tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo`ylab sog`ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar