1

Xalq ta`limi vaziriga maktablarda o`quvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan erkak o`qituvchilarining maoshi kamligikamligi yuzasidan murojaat qilishdi

Jamiyat 03.07.2020, 09:25
Xalq ta`limi vaziriga maktablarda o`quvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan erkak o`qituvchilarining maoshi kamligikamligi yuzasidan murojaat qilishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida O`quvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritadigan bir guruh xodimlar nomidan Xalq ta`limi vazirligiga  murojaat qilingan. 

Murojaatda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida O`quvchilarni chaqiruvga qadar tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan erkak o`qituvchilarining maoshi kamligi masalasi ko`rib chiqilishi so`ralgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Xalq ta`limi vazirligi quyidagilarni ma`lum qildi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF–5712-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko`rsatkichlari”ning 14-bandiga ko`ra umumiy ta`lim sohasidagi o`rtacha oylik ish haqining boshqa sohalardagi o`rtacha oylik ish haqiga nisbatan ulushini 2020 yilda 1,1 baravarga etkazish belgilangan, shuning uchun maktablardagi oyliklar bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda.

Xalq ta`limi vazirligi mazkur lavozimda ishlovchi xodimlarni moddiy qo`llab quvvatlash maqsadida ularning bazaviy tarif stavka miqdorini oshirish bo`yicha taklif ishlab chiqqan va tegishli vazirlik va idoralarga kiritgan.

Afsuski, respublikamizga kirib kelgan koronavirus pandemiyasi iqtisodiyotning ko`plab tarmoqlarga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatgani bois O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va iqtisodiyotini barqarorligini ta`minlash maqsadida ayrim sohalarga, jumladan, xalq ta`limi tizimiga 2020 yilda davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lar ham maqbullashtirilgan.  

Yuqoridagilarni inobatga olib, karantin davri tugab, iqtisodiyot tarmoqlari o`z ishini qaytadan boshlagandan so`ng ta`lim muassasalarining ushbu lavozimda faoliyat yuritayotgan xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish masalasi tegishli vazirliklar bilan qayta ko`rib chiqiladi deb umid qilamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1