1

Videoo`yin ilk marta davolash xususiyatiga ega vosita sifatida tan olindi

Salomatlik 03.07.2020, 10:17
Videoo`yin ilk marta davolash xususiyatiga ega vosita sifatida tan olindi

Amerikada birinchi bor videoo`yin davolash xususiyatiga ega deb tan olindi. Bu haqda Oziq-ovqat va dori vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi saytida ma`lum qilingan.

Mutaxassislar EndeavorRX o`yin qurilmasidan diqqat etishmovchiligining giperaktivligi buzilishidan (DEGB) aziyat chekuvchi bolalarni davolashda foydalanishga ruxsat bergan. O`yin 8-12 yoshli bolalar uchun mo`ljallangan.

Etti yil davom etgan klinik sinovlar vaqtida qurilmaning samarasi DEGB tashxisi qo`yilgan 600 nafar bolada sinab ko`rilgan.

Tadqiqotchilarining ta`kidlashicha, mazkur o`yinni bir oy davomida haftasiga besh kun, kuniga 25 daqiqadan o`ynagan har uch nafar bolaning birida diqqat etishmovchiligining giperaktivligi buzilishi minimumga tushgan yoki yo`qolib ketgan.

Endilikda tibbiyot xodimlari qurilmadan terapiya sifatida foydalanishlari mumkin. Ayrim tadqiqotchilarning so`zlariga ko`ra, kompyuter o`yini DEGBni davolashda qo`llaniladigan boshqa usullar o`rnini to`liq egallay olmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1