1

Namangan viloyatida aholiga tarqatilgan un sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti...

Jamiyat 03.07.2020, 10:59
Namangan viloyatida aholiga tarqatilgan un sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti...

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida aholiga tarqatilgan un sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti, degan xabarlar tarqaldi. 

Ma`lum bo`lishicha, Chust tumanidagi fuqaro  o`z mahallasidan 25 kg unni 70 ming so`mdan sotib olgan. "Olgan unim sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti...” deydi uning o`zi. 

 O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi matbuot xizmati vaziyatni o`rganib qo`yidagilarni ma`lum qilmoqda.

"Xabaringiz bor pandemiya sababli unning barcha hududlarga bir maromda etkazib berilishini ta`minlash maqsadida, hukumat tomonidan birja savdolarisiz, mahsulotning to`g`ridan to`g`ri shartnomalar bilan sotilishi yo`lga qo`yildi. Shuningdek, hukumat topshirig`iga asosan “O`zdonmahsulot” korxonalarida ishlab chiqarilgan un mahsuloti uchun belgilangan narx soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qat`iy nazoratga olingan. Ammo un sifatiga bo`lgan e`tibor ham shu darajadami? Yaqinda Chust tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Kamoliddin Rafiqov tomonidan “aholiga tarqatilgan un sifatsiz ekan, tandirga yopilgan nonlar oqib ketyapti” qabilidagi videoxabar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo`ldi. Ushbu vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi xodimlari tegishli joyga borishdi. Xabarda bayon etilishicha, fuqaro Rafiqov “Sultonmarketsavdo” tomonidan tarqatilgan “Popdonmahsulot” ning 25 kg unidan xarid qilgan, ammo pishirilayotgan nonlar tandirdan oqib ketganligidan so`ng unning sifatsiz ekanligini tushungan. Federasiya xodimlari tomonidan unning sifatini aniqlash maqsadida labarotiriya nazoratiga yuborildi. Natijalar shuni ko`rsatdiki, unning sanitar epidemiologik holati natijasi iste`molga yaroqli ekanligi ammo O`zstanadart talablariga to`laligicha javob bermasligi aniqlandi.Ya`ni unning xom elimlilik foizi yuqori" deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1