1

Buxoroda 6 000 AQSh dollariga o`qishga kiritishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Jinoyat 03.07.2020, 11:21
Buxoroda 6 000 AQSh dollariga o`qishga kiritishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Darakchiga Bosh prokuratura xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolar O.Yu va J.N. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, vakolatli tanishlari orqali uni Buxoro texnologiya institutiga o`qishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilishib, shundan, 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O.Yu. va J.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1